Farz namozini uchinchi va to‘rtinchi rakatlarida fotiha surasidan so‘ng zam sura o‘qisa sajdai sahv qiladimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Farz namozlarining uchinchi va to‘rtinchi rakatlarida Fotiha surasini o‘qishlik sunnat amal. Kimdir Fotihadan keyin zam sura o‘qib qo‘ysa, bu bilan sajdai sahv vojib bo‘lmaydi.
Sunnat va nafl namozlarning barcha rakatlarida Fotihadan keyin zam sura qo‘shish vojib bo‘lib, uni tark qilish bilan sajdai sahv qilinadi.
Bu borada "Fatovo hindiya"da shunday deyiladi:
ولو قرأ في الأخريين الفاتحة و السورة لا يلزمه السهو، و هو الأصح
"Farz namozlarining uchinchi va to‘rtinchi rak’atlarda Fotiha va zam sura o‘qigan bo‘lsa, sajdai sahv lozim bo‘lmaydi". Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.