Kasbim veterinar. Mijozlar erkak va urg'ochi mushaklarini bichish uchun olib kelishadi. Savolim shariatda bunday ishlarni qilish joizmi
Bismillahir Rohmanir Rohim. Umuman olganda zararni daf qilish yoki biror manfaatga erishish maqsadida hayvonlarni bichish joiz hisoblanadi. Mushuk ham shunday, agar u zarar berayotgan bo'lsa va uning zarari shu bichish orqali bartaraf etilsa, ulamolar bu ishni joiz deyishgan. Vallohu a'lam.