sinfdoshlar bilan to‘yona yigamiz. bazilar 50$ deb sum beradi. Bazilari 15 kg gushtni pulini beradi. Tabiiyki vakt utgani sari gushtni xam dollarni xam narxi kutariladi. 50 $ xozir 610 ming desak vakti kelib 650 ming buladi. Shu vaziyatda 40 ming sum ribo bulib kolmayaptimi. Ribo bulib kolmasligi uchun nima kilishimiz kerak. kanday yul tutishimiz kerak.
Aslida bu o‘zaro yordam ma’nosidagi qarz bo‘ladi. Ammo savolda so‘ralgan holatda kimlardir so‘m, kimlardir dollor, yana kimlar go‘shtga hisoblab pul berar ekan. Har kim o‘zi nima bergan bo‘lsa (dollor bergan qancha bergan bo‘lsa shuni, so‘m berganlar qancha so‘m bergan bo‘lsa, boshqa narsani narxiga hisoblamasdan, shu summani qaytarsa) shuni olsa joiz bo‘ladi. Buni eng yaxshi yo‘li, bironta o‘zgarmaydigan pul birligida (hozirgi kunda dollorni misol qilish mumkin. Chunki, garchi dollor ham qiymati oshib, tushib tursada, boshqa tovarlarni narxi ham shunga ko‘ra o‘z qiymatlarini belgilayapti) qat’iy qiymatni belgilab qo‘yish.