Qo'y sotib olgan edim 6 oylk homilasi bor deyishgandi. Birdan mazasi qochib ovqat yemay qo'ydi va tang ahvolga tushib qoldi. Harom o'lmasin deya so'ydik. Qornidagi 2 egiz bolasini ko'mib qo'ydim. Savolm shuki shu qo'yning go'shti halol boladmi ?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Fiqhiy kitoblarda bu masalaga asosan qurbonlik kitobida duch kelamiz. Shu e'tibordan ulardan ba'zilarini ko'rib chiqsak:
ويكره ذبح الشاة اذا تقارب ولادتها؛ لانه يضيع ما في بطنها
“Qo'yni tug'ishi yaqinlashib qolgan vaqtda so'yish makruh bo'ladi. Чunki bunda uning qornidagi narsani zoe qilish bor”. (Bahrur roiq).
شاة او بقرة اشرفت علي الولادة، قالوا: يكره ذبحها؛ لان فيه تضييع الولد
“Ulamolar tug'ishi yaqin qolgan mol va qo'ylarni so'yishlikni makruh deb, bunda hayvonning bolasini zoe qilish bor dedilar”. (Fatovo hindiya).
وفي"النوازل" ايضا: رجل له شاة حامل، فاراد ذبحها، فان تقاربت الولادة يكره ذبحها؛ لانه تضييع ما في بطنها من غير زيادة فائدة.
“Shuningdek “Navozil”da ham, bir kishining homilador qo'yi bo'lib, uni so'ymoqchi bo'lsa, agar qo'yning tug'ishi yaqin bo'lsa, so'yish makruh bo'ladi. Чunki bunda ortiqcha foydasiz hayvonning homilasini zoe qilish bor deyilgan”. (Muhiyti Burhoniy).
Shuningdek, bu erdagi “makruh”dan makruhi tanzihiy iroda qilingan. Чunki ulamolar makruhlikning illati “تضييع الولد” ya'ni bolani zoe qilish ekani va bu noaniq bir ish ekani ham aytganlar. Чunki bunda onasini so'yganda bolasi zoe bo'lishi bilan birga sog' qolishi ehtimoli ham bor. Shuni ham eslatib o'tish lozimki, bu masalani bayon qilganda fiqhiy iboralarda تقارب (tug'ishi yaqin qolgan) اشرفت (tug'ish arafasida) fe'llari ishlatilgan bo'lib, bu iboralardan homilador bo'lgan, lekin tug'ishi yaqin bo'lmagan hayvonni so'yish joizligi kelib chiqadi. Юqoridagi ma'noni alloma Ibn Obidin rahimahulloh shunday bayon qilgan: وليس في ذبح الام اضاعة الولد لعدم التيقن بموته
“Hayvonning bolasini o'lishi aniq bo'lmaganligi uchun onasini so'yishda bolasini zoe qilish yo'q”. (Raddul Muhtor).
قلنا اباحة ذبح الحامل لانه يتوهم ان ينفصل الجنين حيا فيذبح، او لان المقصود لحم الام و ذبح الحيوان لغرض صحيح حلال كما لو ذبح ما ليس بماكول لمقصود الجلد
“Homilador hayvonni so'yish mubohligining sababi, bolasi tirik chiqib uni ham so'yib olish imkoni borligi yoki so'yishdan bolasini emas, onasini go'shti qasd qilinganidir. Чunki hayvonni to'g'ri maqsadda so'yish xuddi go'shti eyilmaydigan hayvonni terisi uchun so'yish joiz bo'lganidek haloldir". (Kifoya sharhi Hidoya).
Agar hayvonni homilador yoki homilador emasligi aniq bo'lmasa va uni so'ygach homiladorligi bilinsa uni so'ygan va so'ydirgan insonlar gunohkor bo'lmaydi. (Fatovo Qosimiya).
Юqoridagi ma'lumotlardan shuni xulosa qilish mumkinki, tug'ishi yaqin qolgan homilador hayvonni so'yish zarurat bo'lganda bekarohat joiz. Shuningdek zaruratsiz so'yilganda ham so'юvchi yoki so'ydirgan kishini gunohkor bo'ldi deyilmaydi. Lekin zaruratsiz so'yishda hayvonni bolasini zoe qilish ehtimoli bo'lgani uchun afzal ish hisoblanmaydi.