Mening yoshim 18 da. Uydagilar bergan yo‘lkira, tushlik va o‘qish uchun berilgan pullarimni ozgina-ozginadan yig‘ib bo‘lsa ham, ortirib masjid qutisiga solib qo‘ysam bo‘ladimi? Yoki o‘zim ishlab topib, o‘z mablag‘imdan ehsonga ajratishim kerakmi? Hozir o‘qiyman, ishlamayman. Shunday pullarni ehson qutisiga solib qo‘ysam zarari yo‘mi? Shunchaki xayrli ishlar uchun sarflanishini xohlayapman.
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Avvalam bor bunday hayri ehson qilishlik uchun, garchi talaba bo‘lsangiz ham, intilishingiz tahsinga sazavordir. Biroq sizga oila a’zolaringiz tamonidan berilayotgan ta’minot, siz dunyoviy ishlar bilan chalg‘imasdan, ilm olishingiz uchun beriladi, Sufyon Savriy aytadi: “Ilm olishga kirishganimda: “Ey Robbim, ilm olimlar o‘lishi bilan ketib qolyapti, ilm o‘qiyman, rizqimni o‘zing yetkazgin”, – dedim. Alloh taolo meni soliha, taqvodor onam sababi rizqlantirdi. Onam: “Bolam, ilm olaver, o‘zim seni ip yigirib boqaman”, – dedilar” (Abu Nuaym. “Xulyatul avliyo”).
Shunday ekan sizga berilayotgan pullarni tejab, kitob va shunga o‘xshash ilm olishga sabab bo‘ladigan narsalarga ishlatishingiz afzal, shunda ota va onalaringizni ham rozi qilgan bo‘lasiz. Fiqhi masala jihatidan olsak; sizga oziq-ovqat va yo‘l harajati uchun berilgan pulni o‘zingiz hohlaganday tasarruf qilishingiz mumkin. Chunki u berilgan narsa sizni mulkingizdir. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.