NAMOZ HAQIDA

ID: 2711

22.09.2025

69

Savol:

Uyimiz masjidda uzoqda azon deyarli umuman eshitilmaydi kattalardan eshittim azon ovozini eshitmey turb nomoz oqish mumkinmasligini.Namoz vaqti kirsa lekin azon eshitilmasa ham boshlayversa boladimi bu ish joizmi

Javob:

Assalomu alaykum va rohmatulloh. Ayollarga azon aytish sunnat emas, shuning uchun ular namoz vaqti kirishi bilan azon aytmay yoki azon aytilishini kutib o‘tirmay, namozni o‘qiyveradilar. Agar azon yaxshi eshitilib turgan bo‘lsa, avval azonga javob berib, keyin namoz o‘qiydilar. Erkaklarga farz namozlardan avval azon aytish sunnat. Ammo masjidda aytilgan azon kifoya qiladi, uyda alohida aytish shart emas. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar