Ayol kishiga temirdan boʻlgan yaʼni bujeteriya mahsulotlarini taqishning hukmi qanday? Tilla va kumushningchi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Ayollar yoki qizlar temirdan uzuk taqishlari makruh. Ularning tilla yoki kumushdan uzuk taqishlari joiz hisoblanadi. Fuqaholarimiz bu borada shunday deyishgan:
التَّخَتُّمُ بِالْحَدِيدِ وَالصُّفْرِ وَالنُّحَاسِ وَالرَّصَاصِ مَكْرُوهٌ لِلرِّجالِ وَالنِّسَاءِ
"Erkaklar va ayollar uchun temir, jez (oq mis), sariq mis va qo‘rg‘oshindan uzuk qilib taqish makruhdir” (“Javharatun nayyira” kitobi).
Abdulloh ibn Burayda o‘zining otasidan qilgan rivoyatda shunday deyiladi:
جَاءَ رَجُلٌ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَعَلَيْهِ خَاتَمٌ مِنْ حَدِيدٍ فَقَالَ: "مَا لِي أَرَى عَلَيْكَ حِلْيَةَ أَهْلِ النَّارِ؟!"
Ya’ni: “Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga bir kishi temir uzuk taqib keldi. U zot: “Nima bo‘ldiki, senda do‘zax ahlining taqinchog‘ini ko‘rmoqdaman?!”, dedilar” (Imom Abu Dovud, Imom Termiziy va Imom Nasoiylar rivoyat qilishgan).
Erkaklar esa faqat kumushdangina uzuk taqishlari mumkin. Vallohu a’lam. (Makruh haqida quyidagi linkdan ma’lumot olishingiz mumkin. https://t.me/diniysavollar/77)