HAJDA JINOYAT SABABLI JONLIQNI QAYERDA SO‘YISHI KERAK?

ID: 277

04.04.2025

32

Savol:

Hajda ehromli kishi jinoyat qilsa va qo‘y so‘yish vojib bo‘lsa, jonliqni qayerda so‘yishi kerak?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Jinoyat sababli jonliq so‘yish haramda bo‘lishi shartdir.

(والثالث ذبحه في الحرام) بالاتفاق سواء وجب شكرا او جيرا

Jonliq so‘yishdagi uchinchi shart: Jonliqni haram chegarasida so‘yishdir. Shukr uchunmi, jinoyatni to‘g‘rilash uchunmi farqi yo‘q, bunga ittifoq qilingan (Irshodus soriy kitobi).

Hozirgi qo‘y so‘yish mavzesi joylashgan Mino mintaqasi ham Haram hududiga kiradi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar