Assalom alekum Erim bn qattiq janjallashib qoldik har safar urishib qolganimizda bor yo'qol sendek ayolim yo'q sen menga haromsan der edi bir kuni yana janjalda huddi shu gaplardan keyin 3 taloqsan deb yubordi keyin afsuslandi Domlaga bordik ular 3 taloq ayitishlaridan oldin sen menga haromsan ket yashamayman deganlari uchun sizga boin taloq tushgan 3 taloqmas deb qayta nikohlab mahir ham belgiladilar lekin negadur qayta nikohimda gumonim bor oradan ancha vaqt o'tti hayolimdan ketmayabdi hozirgi nikohim halolmi yo'qmi deb iltimos javob bering gunox qilib yahashni hohlamayman butun umir nikohim halol bolmasa uyimga ketaman Har safar erim bn yaqinlik qilganimda zino qilmayabmanmi degan o'y meni qiynab yubordi gunoh qilib yashashni hohlamayman erim aytkan gapidan afusda lekin yana ozgina tortishib olsak ket deyveradi ogziga keladigan 1 chi so'zi har doim ket uyingga deydi bolam bor ichimdagi gumon meni adoyu tamom qildi.to'g'ri maslahat kerak menga.
Va alaykum assalom. Sizning keyingi nikohingizni sahih yoki nosahihligini bilish uchun Sizga aytilgan "menga haromsan" lafzi va keyingi "uch taloqsan" lafzlari o‘rtasidagi muddatni aniqlash lozim bo‘ladi. Chunki fiqhiy manbalarimizda er ayoliga sen menga haromsan desa o‘rtalariga boin taloq tushishi bayon qilingan. Taloq tushganidan keyin idda muddati o‘tgach er-xotin bir birlariga begonaga aylanadilar va shundan so‘ng aytilgan har qanday taloqni (hatto uch taloq bo‘lsa ham) ahamiyati qolmaydi. Ayol kishining iddasi esa ayolning holatidan kelib chiqib turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan ayol hayz ko‘radigan yoshda bo‘lsa va homilador bo‘lmasa uning iddasi uch hayz davom etadi. Bordiyu hayz ko‘radigan yoshda bo‘lmasa (ya’ni yosh qizcha bo‘lsa yoki yoshi katta ayol bo‘lsa) uning iddasi uch oy davom etadi. Eri vafot etgan ayollarning iddasi to‘rt oyu o‘n kun, homilador ayollarning iddasi (taloq sababli bo‘lsin, eri vafot etgani sababli bo‘lsin) homilasini dunyoga keltirgunlaricha davom etadi. Demak, yuqorida aytilgani kabi agar birinchi va ikkinchi lafzlar o‘rtasida idda muddati o‘tgan bo‘lsa keyingi uch taloq ahamiyatsiz bo‘lgan va oxirgi o‘qilgan nikoh sahih bo‘lgan. Bordiyu, ikkita lafz o‘rtasida idda muddaticha vaqt o‘tmagan bo‘lsa keyingi aytilgan uch taloq lafzi bilan yana taloq tushgan va qayta nikoh imkoni qolmagan. Vallohu a’lam.