MASJIDDA SAVDO QILISH JOIZMI?

ID: 236

04.04.2025

142

Savol:

Ayrim masjidlar hovlisida mushki anbar, atirlar, diniy kitoblar sotiladi. Masjidlar ichida savdo qilish joizmi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Bu masalada ulamolarimizning javoblari turlicha bo‘lgan. Ba’zi ulamolar e’tikofda bo‘lmagan kishining masjidda savdo qilishi mutlaqo makruh deganlar. Ba’zilari, o‘sha savdo-sotiq masjidda joyni band qilsa, makruh, joy band qilmasa makruh emas, deganlar (“Raddul muhtor”).

Masjid deganda – masjidning ichi va ayvoni tushuniladi. Masjidning hovlisi esa ba’zi masalalarda masjiddan hisoblansa, boshqa masalalarda masjiddan hisoblanmaydi.

Makruhlik va xilofdan qutilish uchun savdo sotiqni masjidning darvozasidan tashqarida qilish afzaldir. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar