MAKKA, MADINADAGI NAMOZ VAQTLARI

ID: 10229

02.04.2026

243

Savol:

Assalomu alaykum hurmatli ustozlar. Biz bilamizki Makka hamda Madinada namoz vaqtlari boshqa mazhabga ko'ra belgilanadi ya'ni asr namozi vaqti bizni Imom A'zam mazhabi da belgilangandan farq qiladi, shunda Ziyoratga borilganda shu Makka, Madinada belgilangan vaqt asosida o'qiladimi yoki O'zbekiston musulmonlari idorasi qoshidagi Fatvo markazi telegram boti orqali aniqlab keyin o'qish kerakmi. Javob uchun oldindan rahmat

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatulloh. Bismillahir Rohmanir Rohim. Saudiya arabistonida, xususan, Masjidul harom va Masjidun Nabaviyda asr namozi ertaroq, ya'ni soya bir barobar bo'lgan vaqtda o'qiladi. Чunki ular hanbaliy mazhabi bo'yicha amal qiladilar.

Hanafiy mazhabi bo'yicha asr namozining vaqti borasida ikki xil qarash bor:

  1. Asr vaqti Quyosh zavoldan oqqandan keyin soya ikki barobar bo'lganda kiradi. Ushbu qarashga mazhabimizdagi fatvo berilgan bo'lib, ko'pchilik mashoyixlar ixtiyor qilishgan.

  2. Asr vaqti Quyosh zavoldan oqqandan keyin soya bir barobar bo'lganda kiradi. Buni Imom Abu Юsuf va Imom Muhammadlar aytishgan. Imom Abu Hanifa ham ushbu gapni aytganlari rivoyat qilingan. Imom Tahoviy "Muxtasar"da, Taroblusiy "Burhon"da, Shurunbuloliy "Durrul muxtor"ning hoshiyasida ushbu fatvoni ixtiyor qilishgan.

Boshqa mazhab ulamolari ham soya bir barobar bo'lganda asr vaqti kiradi, deydilar. Bu haqda Alloma Haskafiy shunday deydilar: Shuning uchun ikki haramda mazkur so'zlarga amal qilgan holda asr namozini jamoat bilan o'qish mumkin.

( وَوَقْتُ الظُّهْرِ مِنْ زَوَالِهِ إلَى بُلُوغِ الظِّلِّ مِثْلَيْهِ ) وَعَنْهُ مِثْلَهُ ، وَهُوَ قَوْلُهُمَا وَزُفَرَ وَالْأَئِمَّةِ الثَّلَاثَةِ .

"Peshinning vaqti quyosh oqqandan boshlab, har narsaning soyasi asliy soyasidan boshqa o'zining ikki barobari bo'lgunichadir. Imom Abu Hanifa rahimahulloh bir soya barobar bo'lgunicha degan rivoyat ham bor. Imomayn, Imom Zufar va uch mazhab sohiblari ham bir barobar bo'lguncha deganlar" (Raddul muhtor).

Hadisi shariflarda ikki haramda o'qilgan namozlarning fazilati ko'plab kelgani va ushbu muborak joylarda ixtilof qilmaslik zarurati sababli юrtdoshlarimiz asr namozini jamoatga iqtido qilgan holda o'qishlari mumkin. Bu bilan Imom Abu Юsuf va Imom Muhammad raimahullohlarning fatvo bergan hamda ayrim mashoyixlarimiz ixtiyor qilgan fatvoga amal qilgan hisoblanadilar.

Shuni yodda tutish lozimki, ushbu fatvoga amal qilish uchun u erdagi musulmonlarga xilof qilmaslik zarurati bo'lgani sababli hamda mazhabimizdagi ayrim ulamolar ixtiyor qilgani uchun ruxsat etilmoqda. Ammo boshqa юrtlarda, xususan, bizning юrtimizda asr namozi ikki soya vaqtida o'qiladi. Bu vaqtgacha peshin vaqti turgan hisoblanadi. Чunki ikki soya degan gap hanafiy mazhabining fatvosi o'laroq qabul qilingan (“Anvorul-manosik” kitobi). Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar