UCHRASHGANDA IKKI MARTA QO‘L BERILMAYDIMI?

ID: 206

04.04.2025

33

Savol:

Do‘stlarimiz bilan qo‘l berib ko‘rishib, xayrlashamiz. Bir do‘stimiz buni makruh dedi. 2 marta qo‘l berilmaydi ya’ni "salomlashganda qo‘l berib ko‘rishganmiz, hayrlashganda qo‘l berilsa makruh bo‘ladi" dedi? Bu holatda rostdan ham makruh bo‘ladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Suhbatning oxirida, xayrlashayotgan paytda ham suhbatning avvalidagidek qo‘l berib so‘rashish joizligi hadislarda kelgan.

عن ابن عمر قال: كانَ رسولُ اللَّهِ صلَّى اللَّه عليه وسلم إذا ودَّعَ رجلاً أخذَ بيدِهِ فلاَ يدعُها حتَّى يَكونَ الرَّجلُ هوَ يدعُ يدَ النَّبيِّ صلَّى اللَّه عليه وسلم ويقولُ استودِعُ اللَّهَ دينَكَ وأمانتَكَ وآخرَ عملِكَ. صحيح الترمذي

“Ibn Umar raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam qachon biror kishi bilan vidolashsalar u kishining qo‘lini tutib turar, to u kishi Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning qo‘llarini qo‘yib yubormaguncha uning qo‘lini qo‘yib yubormas edilar va: “Allohdan diningni, omonatingni va oxirgi amalingni omonda qilishini so‘rayman”, der edilar” (Termiziy rivoyatlari).

Ulamolarimiz manashu va shu kabi hadislarga suyanib xayrlashayotgan paytda ham qo‘l berib ko‘rishish mustahab ekanligini aytishganlar. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar