HAYIT NAMOZIGA ULGUROLMASAK, O‘ZIMIZ JAMOAT BO‘LIB O‘QISAK BO‘LADIMI?

ID: 266

04.04.2025

115

Savol:

Hayit namoziga ulgurolmasak, o‘sha yerda bizga o‘xshab kechikkanlar o‘zimiz jamoat bo‘lib o‘qisak bo‘ladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Bunday qilish to‘g‘ri emas. Hayit namozida jamoatga ulgurmagan kishi o‘ziga yaqin bo‘lgan boshqa masjidga borishi va jamoat bilan hayit namozini o‘qishga harakat qilishi lozim. Bu haqda fiqhiy manbalarimizda shunday ko‘rsatma kelgan:

فاذا فاتت مع امام و امكنه ان يذهب الي امام اخر فانه يذهب اليه  

“Agar hayit namozini imom bilan avvalgi jamoatda ado qilolmagan bo‘lsa va unda boshqa jamoatga borish imkoni bo‘lsa o‘sha jamoatga boradi”.  (Bahrur roiq, 2 jild, 283 bet). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar