NAMOZDA QUR’ONNING O‘ZBEKCHA MA’NOLAR TARJIMASINI O‘QISAK BO‘LADIMI?

ID: 847

04.04.2025

17

Savol:

Biz namoz o‘qiganimizda yoki tilovat qilganimizda suralarni arab tilida o‘qiymiz. Qur’oni karim oyatlari arab tilida bo‘lishidan tashqari ularning tarjimasi, ya’ni o‘zbek tilidagi ma’nosi ham bor. Mening savolim, namoz o‘qiyotganda yoki umuman sura-oyat o‘qiyotganda o‘zbek tilida aytib o‘qisa bo‘ladimi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Namozda arab tilidan boshqa tillarda qiroat qilish joiz emas. Bu haqida muhaqqiq olim Mulla Ali Qori aytadilar:

ولا القراءة بها أي لا يجزئ القراءة في الصلاة بالفارسية إلا بعذر وبه يفتي

Ya’ni: “Namozda fors tilida qiroat qilish joiz emas. Faqat uzrli (arab tiliga umuman tili qovushmagan) holatda joiz. Fatvo joiz emasligigadir”. 

Fors tili deyilganda boshqa tillar ham kiradi. Chunki boshqa tillar Arab tilidagi ma’noni ifoda qilib bera olmaydi. Qur’oni karim esa Arab tilida nozil bo‘lgan. Alloh taolo “Biz u(Qur’on)ni arab tilida nozil qildik”, – degan (“Fathu bobil inoya” kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar