Namozdan keyin duo qilishga hadislar kelganmi?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Albatta kelgan.
عن ابي امامة قال: قيل يا رسول الله: اي الدعاء اسمع؟ قال: خوف الليل الاخر، و دبر الصلوات المكتوبات
Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. U zot aytdi: Odamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan “Yo Rasululloh, qaysi duo ko‘proq qabul bo‘ladi?”, deb so‘radilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kechaning oxiridagi va farz namozlar ortidagi lahzalarda qilingan duolar”, deb javob berdilar (Imom Termiziy rivoyati 3499).
Habib ibn Maslama Fehriy roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilib keltiradilar:
لا يجتمع ملاء فيدعو بعضهم، و يؤمن البعض، الا اجابهم الله
“Bir jamoa to‘planib ulardan biri duo qilsa, boshqalari “omin” deb tursa Alloh ularning duolarini ijobat qiladi”. (Imom Hokim “Mustadrak” larida keltirgan 5478) Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.