Kontraseptiv plaster dep ataluvchi yani xomiladorlikni oldini oluvchi plaster bor, bu plasterni tanaga yopishtiriladi va 1 xafta mobaynida u tanada turishi kerak, xafta tugagach yangisiga almashtiriladi, bundan foydalanishda qanday g’usl qilinadi, usha yopishtirilgan yerga suv tegmasa g’usli o’tmaydimi
Bismillahir rohmanir rohim. Bu plaster tagiga suv yetmay qoladi va g‘usl mukammal bo‘lmaydi. Shariatimizda zarurat hollarda ya’ni jarohat ustiga bog‘langan yoki yopishtirilgan vositalar ustiga mash tortish mumkin. Ammo mazkur plastr yopishtirishda zarurat holati yo‘q. Chunki homiladan saqlanishda foydalaniladigan boshqa vositalar va amaliyotlar mavjud. Bordiyu, bundan boshqa vositalardan foydalanish ayolning sog‘lig‘iga zarar qilsa, u holda erkaklarga mo‘ljallangan vositalardan er foydalanishi kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam.