Assalomu alaykum. Men Asr namozi ning birinchi rakatiga zam sura qilib Takosur surasini o'qidim. Takosur lafzini Quroni karimda yozilgani kabi talaffuz qilolmay qoldim. Sajda savh esa salovat aytish jarayonida qilib qo'ydim. Endi namozimning hukmi qanday bo'ldi? Umuman olganda qaysidir so'zni aslidek talaffuz qilmaslikning oqibati qanday? Namozda buni oyatning boshidan boshlash mumkinmi? Javob uchun oldindan raxmat
Va alaykum assalom. Siz aynan qaysi surada qaysi kalimani buzdim deb o‘ylayotganingiz va qanday talaffuz qilganingizni 781503344 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib aytsangiz shunga ko‘ra hukm aytish to‘g‘ri bo‘ladi. Aslida Qur’onning ma’nosi qo‘pol buzilsa, shu namozni qaytarib o‘qish vojib bo‘ladi. Qo‘pol buzish, degani jannat o‘rniga do‘zaxni, mo‘min o‘rniga mushrikni, hidoyat o‘rniga zalolatni va shu kabi akslarni qiroat qilib yuborishga aytiladi.