AYOLIMNI YOQTIRMAY OLGANMAN, NIMA MASLAHAT BERASIZ?

ID: 311

04.04.2025

99

Savol:

Farzand bo‘lmayotganiga uch yil bo‘lib qoldi. Ayib ayolimda, opasidayam bo‘lmayapti. Ayolimni yoqtirmay olganman, nima maslahat berasiz, ajrashsam gunohkor bo‘lib qolmaymanmi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Sizga maslahatimiz ajrashishga shoshmang, sabr qiling 4 yil, 5 yil, 10 yilda ham farzand ko‘rganlar bor.

Alloh taolo Niso surasining 19 oyatida shunday marhamat qiladi.

وَعَاشِرُوهُنَّ بِالْمَعْرُوفِ فَإِنْ كَرِهْتُمُوهُنَّ فَعَسَى أَنْ تَكْرَهُوا شَيْئًا وَيَجْعَلَ اللَّهُ فِيهِ خَيْرًا كَثِيرًا (19)

“Ular bilan totuv turmush kechiring. “Agar ularni yomon ko‘rsalaringiz (bilib qo‘yingki), balki sizlar yomon ko‘rgan narsada Alloh (sizlar uchun) ko‘pgina yaxshilik paydo qilishi mumkin”. Ayolingiz buzuqlik yoki bo‘ysunmaslik kabi gunohi kabira qilmasa, uni faqat  xunukligi yoki yomon xulqi sabab yoqtirmasangiz, bilingki, Parvardigor sizni dunyoga keltiradigan solih farzandlar bilan siylashi mumkin. Abu Mansur Moturidiy rahmatullohi alayh bu oyati karimani: “Agar ahli oilangizni yomon xulqi yoki aziyat beruvchi tiliga sabr qilsangiz, Alloh taolo shu ishingiz evaziga ayolingizdan  ko‘zingizni quvnatadigan va oxiratda  ko‘plab savoblar olishingizga sabab bo‘ladigan farzandlarni ato etadi”, deb tafsir qilganlar. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar