AKSIRGANDA OVOZNI PASAYTIRISH

ID: 5241

18.12.2025

119

Savol:

Assalomu alaykum. Mening otam qattiq aksiradilar. Bunga akam: «Sunnatda Payg'ambarimiz qattiq aksirish mumkin emas, deganlar», deydi. Shu gap qanchalik to'g'ri? Lekin inson aksirganda o'zini boshqara olmay qolsa-chi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Aksirganda ovozni imkon qadar pasaytirish va юzni to'sish odobdan hamda sunnat amallardandir. Mo'min kishi aksirganda atrofdagilarni cho'chitmaslik va noqulaylik tug'dirmaslik uchun ovozni pasaytirishga harakat qilishi lozim. Ammo inson qanchalik urinmasin, beixtiyor va o'zini boshqara olmay qattiq aksirib юborsa, bu uzrli holat sanaladi.

Imom Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilgan hadisi sharifda Abu Hurayra roziyallohu anhu shunday deydilar:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam agar aksirsalar, юzlarini qo'llari yoki kiyimlari bilan to'sar va ovozlarini pasaytirar edilar».

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar