Eri bor ayol bir uylanmagan yigit bilan zino qilsa (katta bo‘lmagan zino ya’ni farjini saqlagan bo‘lsa) shundan keyin pushaymon bo‘lib tavba qilsa, tavbasi qabul bo‘ladimi? Yoki biror bir kafforot bersa va sidqi dildan tavba qilsa, tavbasi qabul bo‘ladimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Alloh saqlasin aslida bu juda og‘ir gunoh. Bundan tez tavba qilish lozim. Albatta Alloh chin tavba qilganlarning gunohlarini kechiradi va tavbasini qabul qiladi deb umid qilamiz.
Alloh taolo «Moida» surasida:
فَمَن تَابَ مِن بَعْدِ ظُلْمِهِ وَأَصْلَحَ فَإِنَّ اللَّهَ يَتُوبُ عَلَيْهِ إِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ (39)
«Kim zulmidan keyin tavba etsa va amali solih qilsa, Alloh albatta tavbasini qabul qiladir. Shubhasiz, Alloh mag‘firatli va rahmli zotdir», degan. (Moida surasi, 39-oyat). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.