Namozda oxirgi qadasida salomdan oldin bir nechta duo aytsa bo‘ladimi yoki faqat birgina duo aytish kerakmi?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Namozning oxirgi qa’dasida, odatda odamlardan so‘ralmaydigan, Qur’oni karim va hadisi shariflarda kelgan duolarni bittadan ortiq o‘qishning ziyoni yo‘q.
وَدَعَا بِمَا شَاءَ مِمَّا يُشْبِهُ أَلْفَاظَ الْقُرْآنِ وَالْأَدْعِيَةِ الْمَأْثُورَةِ لِمَا رَوَيْنَا مِنْ حَدِيثِ ابْنِ مَسْعُودٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ لَهُ النَّبِيُّ عَلَيْهِ الصَّلَاةُ وَالسَّلَامُ : ثُمَّ اخْتَرْ مِنْ الدُّعَاءِ أَطْيَبَهُ وَأَعْجَبَهُ إلَيْك ... وَلَا يَدْعُو بِمَا يُشْبِهُ كَلَامَ النَّاسِ عناية شرح الهداية
Namozni oxirgi qa’dasida Qur’oni karim lafzlariga va hadisi shariflarda kelgan duolarga o‘xshagan xohlagan narsasini duo qilib so‘raydi. Payg‘ambarimiz alayhissalomning ushbu so‘zlari bunga dalolat qiladi: "Nabiy alayhissalam Ibni Mas’udga aytdilar: So‘ngra o‘zingizga eng go‘zal va ajoyib tuyulgan duolarni ixtiyor qiling". Insonlarni so‘ziga o‘xshagan lafzlar bilan duo qilmaydi. ("Inoya sharhul hidoya" kitobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.