Assalomu alaykum. Man ro'mol do'kon ochyapman, shunga ro'mollarni onlayn instagramda reklama qilish uchun shariatga muvofiq kiyingan qizlarga (modelga) ro'molni o'ratib ko'rsatmoqchiman. Shuning hukmi qanday? Agar bu noto'g'ri bo'lsa, to'g'risi qanday?
Va alaykum assalom. Bu noto‘g‘ri emas. Hozirda rasm yoki videolarda yuzni bekitib qo‘yish imkoniyati bor. Shundan foydalanishingiz ham mumkin. Ammo ro‘mollarni faqat fasonlariga emas, balki vazifasiga ham e’tiborli bo‘lish maqsadga muvofiq bo‘ladi.