QURBONLIK GO‘SHTIDAN BOYLARGA BERSA BO‘LADIMI?

ID: 499

04.04.2025

46

Savol:

Qurbonlik go‘shtidan boylarga ham bersa bo‘ladimi yoki faqat faqir kishilarga beriladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Albatta, qurbonlik go‘shtidan kambag‘al va faqirlardan tashqari boylarning yeyishi ham mumkin. Bunga Ashraf Ali Tahonaviy hazratlari o‘zlarining “Qurbonlik ahkomlari” kitoblarida Haj surasining quyidagi oyatini dalil qilib shunday deganlar: “Alloh taolo: "Bas, ulardan yenglar va bechora va faqirlarga ham yegizinglar” degan (28-oyat).

Ulamolar ushbu oyatdagi “Bas, ulardan yenglar” jumlasidan qurbonlik go‘shtidan boylarning yemoqligi ham joiz ekanligini istinbot qilganlar”, — deydilar. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar