KELIN PAST O‘RINDA TURADIMI?

ID: 252

04.04.2025

74

Savol:

Kelin hammadan past o‘rinda, past tabaqada turadimi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Alloh taolo insonni barcha maxluqotlar ichida eng mukarrami va azizi qilib yaratdi. Ularning bir-biridan mukarramligini esa ularni taqvolariga bog‘liq qilib qo‘ydi. Alloh taolo Qu’roni karimda "Albatta, sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlirog‘ingiz taqvodorrog‘ingizdir" (Hujurot surasi, 13-oyat) deb marhamat qildi. Shunday ekan, biror inson boshqa insonni hatto o‘z kelini bo‘lsa ham past sanab, odam o‘rnida ko‘rmasliklari ayni gunoh ishdir. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Musulmon – musulmonlar uning tilidan va qo‘lidan salomat bo‘lgan odamdir. Muhojir – Alloh qaytargan narsadan uzoqda (hijratda) bo‘lgan odamdir", dedilar (Imom Abu Dovud rivoyati).

Shu o‘rinda bir mulohaza bor. Qaynota va qaynonalar barcha farzandlariga: o‘g‘il-qiz, kelin-kuyovlariga murabbiy hisoblanadilar. Ular farzandlarining foydasini o‘ylab gapirgan nasihatlarini muhtarama kelinlarimiz o‘zlarining foydasi deb qabul qilsinlar. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar