Farzandiming tomog'iga egulik qoldiqlari tiqilib qoladi va isitmasi 40 darajaga chiqib ketadi. Yon atrofda yoshovchi ilgirga olib borishga majbur bo'lamiz, chunki shifokorlar faqat issig'ini vaqtincha tushira olishadi xolos. Ilgir ko'rsatkich barmog'ini tomog'iga tiqib yegulik qoldiqlarini olib tashlaydi. Jarayonda qo'lqop kiyadi, basmalani aytadi. Ommada esa ilgirga borish xarom degan talqin ham bor. Aytishlaricha Payg‘ambarimiz tomoqqa qo‘l tiqishdan qaytargan ekanlar. Bunday vaziyatda ilgirga borishning shariatdagi hukmi qanaqa?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Dinimizda turli shifobaxsh giyoh, modda va usullar bilan davolash inkor qilinmaydi va bunday davo usullarining ba'zilarini Payg'ambarimiz alayhissalom ham ko'rsatib berganlar. Bunga Qur'on o'qib dam solish ham qo'shiladi. Bemorni holatiga qarab gohida unisi, gohida bunisi qo'llanadi. Zarurat bo'lsa, har ikki davolash usulini ham birga qo'llash mumkin. Lekin davolash shari'atga zid yo'llar: folbinlik, baxshilik, firibgarlik, ma'nolari tushunarsiz duoxonlik bo'lsa, joiz emas. Ilgir degan kishilar hech bo'lmaganda xalq tabobatidan xabardor bo'lsa va qilayotgan ishi kasalga foydali bo'lib, o'rtada aldov bo'lmasa, davolanish joiz, aks holda ularni yoniga bormaslik kerak. Vallohu a'lam.