FARZ NAMOZLARIDA ZAM SURA O'QISH TARTIBI

ID: 6580

26.01.2026

713

Savol:

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh. Bamdod, peshin, shom namozlarining farzi va sunnati orasida farq bormi? Bamdodning ikki rakatli farzining ikkinchi rakatida zam sura o'qiladimi yoki o'qilmaydimi? Qolgan farz namozlarida-chi?

Javob:

Vaalaykum assalom varahmatullohi vabarakotuh. Sunnat namozlarining barcha rakatlarida «Fotiha»dan so'ng zam sura o'qiladi. Farz namozlarining esa faqatgina avvalgi ikki rakatida zam sura qo'shiladi. Shu bois, bomdod namozining farzi jami ikki rakat bo'lgani uchun uning ikkinchi rakatida ham zam sura o'qish vojibdir. Peshin, asr, shom va xufton kabi to'rt va uch rakatli boshqa farz namozlarining faqat birinchi va ikkinchi rakatlarida zam sura o'qilib, qolgan rakatlarida faqat «Fotiha» surasining o'zi tilovat qilinadi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar