NAMOZNING MAKRUX PAYTI

ID: 2075

22.08.2025

208

Savol:

Assalamu aleykum bir domladan yeshittim bomdod namozini kuyosh chikishidan 15 minut oldingacha ukib olish kerak undan keyin ukib bulmaydi shaytonga sajda kilgan bulasan undan kazo kilganingi yaxshi dedi. Shu gap tugiimi bomdod namozini kuyosh chikishidan kancha vakt oldin ukib tugatish kerak?raxmat oldindan.

Javob:

Va alaykum assalom. Bomdod namozining vaqti subhi sodiq (tong otganidan) keyin, to quyosh chiqqunicha davom etadi. Quyosh chiqishni boshlashi bilan bomdod namozining vaqti tugagan bo‘ladi. Shu vaqt oralig‘ida bomdod namozini o‘qigan kishi o‘z vaqtida o‘qigan bo‘ladi. Odatda masjidlarda bomdod namozi quyosh chiqishidan kamida 30-40 daqiqa oldin o‘qiladi. Shunga ko‘ra, masjiddagi jamoat bomdodni o‘qib bo‘lgan bo‘lsa ham, hali quyosh chiqmagan bo‘lsa, darhol bomdod namozini o‘qib olish lozim bo‘ladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar