Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Ustoz, men hozirgi kunda boshqa bir davlatda musofirman. Savolim shuki, men hozir faqatgina kechqurun ishlayapman. Ishim jismoniy harakatda bo'lgani uchun, men uyga borib qattiq uxlaganim sababli peshin va asr namozlarini qazo qilib qo'yayapman. Bu bir necha kundan beri takrorlanyapti. Qazolarni qachon o'qishim kerak? Javob uchun Alloh rozi bo'lsin.
Vaalaykum assalom. Uyqu sababli o'tib ketgan namozlarni uyg'onishingiz bilanoq yoki imkon bo'lishi bilan darhol qazo qilib o'qishingiz shart. Qazo namozlarini faqat uch makruh vaqtdan, ya'ni quyosh chiqishi, tikka kelishi va botishi mahalidan tashqari kunning istalgan paytida ado etish mumkin. Ibodatni o'z vaqtida bajarish farz ekanini, uni qasddan qazo qilib o'qiguvchilar haqida og'ir va'idlar kelganini unutmang va shu e'tiboridan namozni o'z vaqtida o'qishga jiddu-jahd qiling. Vallohu a'lam.