SAVDODAGI MUOMMOLI HOLAT

ID: 3036

04.10.2025

80

Savol:

Assalomu alaykum domla. Menda bir savol bor edi. Bir ish qilishda noaniqlik paydo bo'lib qoldi. Savdoda men bir aytaylik zavod yoki ishlab chiqaruvchilar bilan aloqada bo'lib ulardagi narxni ko'rib, bozor bilan solishtirdim. Ular masalan 10 ming so'mga taroq sotadi deylik, umuman har hil narsalar. Lekin bozorda shu narsa 50 ming desak men u ishlab chiqaruvchilardan hali sotib olmasdan turib boshqa mendan sotib oladigan haridor topib u bilan gaplashib u sotib olaman sendan 40ming somga deb aytsa kelishsak bozor narxidan arzonga shundan keyin men u ishlab chiqaruvchilardan sotib olsamda unga sotsam boladimi ribo bolmaydimi va yana bir narsani qoshimcha qilmoqchi edim Agar siz sotayotgan narsa sizni ziyoningizda bo'lmasa undagi foyda harom deyilgandi shu sozga asoslanib men kelishib ulardan ozimni pulimga sotib olib topgan klientimga olib borsam u yoq olmayman deb qosa u narsalar meni zimmamda boladi men undan sotib olmay turib uni gapiga ishonib konglim hotirjam bolishi uchun haridorim naqt deb oylashim uchun avval sotib olmay turib topayotgandim haridor olaman degandan keyin olib kelaman va yana tosatdan olmayman deb qosa qilgan harajatim ziyoniyu foydasi ozimni zimmamga qoladi

Javob:

Shar’an, o‘zingizda mavjud bo‘lmagan va qo‘lingizga olmagan (qabz qilmagan) narsani sotish joiz emas. Siz avval ishlab chiqaruvchidan yoki boshqa sotuvchidan mahsulotni o‘z pulingizga sotib olib, uni to‘liq tasarrufingizga o‘tkazishingiz shart. Shundan keyingina xaridorga sotishingiz mumkin.

Demak, o‘zingizda yo‘q narsa ustida xaridor bilan oldindan savdo qila olmaysiz, lekin u bilan kelishib, uni sotib olishiga va’da olishingiz mumkin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar