PESHIN NAMOZINING AVVALGI SUNNATINI O‘QIMASDAN IMOMLIKKA O‘TSA BO‘LADIMI?

ID: 441

04.04.2025

18

Savol:

Imom Peshin namozini avvalgi to‘rt rak’at sunnatini o‘qimasdan turib imomlikka o‘tsa bo‘ladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Bo‘ladi. Peshindan avvalgi to‘rt rak’at sunnat imomga ham muqtadiylarga ham bir hilda sunnati muakkada hisoblanadi. Agar biror sabab bilan imom sunnatni o‘qiy olmagan bo‘lsa, muqtadiylar imom sunnatni o‘qib olguncha kutib tursalar yaxshi bo‘ladi. Mobodo imom to‘g‘ridan to‘g‘ri jamoatga imomlikka o‘tib berib keyin qoldirgan to‘rt rak’at sunnatni o‘qisa ham namoz karohiyatsiz joiz bo‘ladi. Oisha raziyallohu anho rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi:

  ان النبي صلي الله عليه وسلم كان اذا لم يصل اربعا قبل الظهر صلاهن بعدها 

"Nabiy sollallohu alayhi vasallam Peshinni to‘rt rak’at sunnatini o‘qimagan bo‘lsalar farzdan keyin o‘qib olardilar" (Imom Termiziy rivoyatlari). Ushbu hadisdan yuqoridagi savolga javob olishimiz mumkin. Chunki, asri saodatda tabiiyki Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam imom bo‘lar edilar.  Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar