Assalom alaykum. Ikki dugona birgalikda qo'shilib qurbonlik qilsa, qabul bo'ladimi?
Vaalaykum assalom. Qurbonlik qilinadigan hayvon qo'y yoki echki bo'lsa, unga sherik bo'lish joiz emas. U faqat bir kishining nomidan so'yiladi. Agar ikki dugona birgalikda qurbonlik qilmoqchi bo'lsalar, qoramol yoki tuya so'yishlari mumkin. Bu hayvonlarga bir kishidan to etti kishigacha sherik bo'lishga ruxsat berilgan.
Shuningdek, mazkur sherikchilikda barcha sheriklar aynan ibodat qilishni niyat qilgan bo'lishlari shartdir. Kimdir shunchaki go'sht uchun sherik bo'lsa, hech qaysilarining qurbonliklari o'tmaydi. Vallohu a'lam.