1) Assalomu aleykum. Kurbonlik kiladigan odam Zulxijja oyi kirishidan boshlab Kurbonlik kunigacha soch sokol tuklarini olmaydi deyishadi? 2) Kurbonlikni ulgan odamning nomidan kilsa buladimi ? Kanday niyat kilinadi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Shariatimizda Zulhijja oyi kirgandan boshlab toki qurbonlik qilguncha kishi soch va tirnoqlarini olmasligi shart qilinmagan. Balki bu – ixtiyoriy bo'lgan muboh ishdir. Mana shu o'n kunda boshqa kunlarda bajaradigan ba'zi odatiy amallarimizni bajarmaslikka targ'ib qiladigan kishilar, o'z gaplarini ushbu hadis bilan quvvatlaydilar. Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: إِذَا دَخَلَ الْعَشْرُ وَأَرَادَ بَعْضُكُمْ أَنْ يُضَحِّيَ فَلاَ يَمَسَّ مِنْ شَعْرِهِ وَبَشَرِهِ شَيْئًا" وَفِي رِوَايَةٍ" فَلاَ يَأْخُذَنَّ شَعْرًا وَلاَ يَقْلُمَنَّ ظُفْرًا " وَفِي رِوَايَةٍ " مَنْ رَأَى هٍلاَلَ ذِي اْلحِجَّةِ وَأَرَادَ أَنْ يُضَحِّيَ فَلاَ يَأْخُذْ مِنْ شَعْرِهِ وَلاَ مِنْ أَظْفَارِهِ " (رواه الامام مسلم) ya'ni: “Qachon Zulhijjaning avvalgi o'n kuni boshlansa va birortangiz qurbonlik qilmoqchi bo'lsa, soch va soqoliga tegmasin (olmasin)”, boshqa rivoyatda “Soch va tirnoq olmasin”, yana boshqa bir rivoyatda esa “Kim Zulhijjaning hilolini ko'rsa va qurbonlik qilmoqchi bo'lsa sochi va tirnog'ini olmasin” (Imom Muslim rivoyati). Bu mavzuda ulug' Hanafiy olim Imom Abu Ja'far at-Tahoviy rohimahulloh shunday deydilar: فَذَهَبَ قَوْمٌ إلَى هَذَا الْحَدِيثِ ، فَقَلَّدُوهُ ، وَجَعَلُوهُ أَصْلًا .وَخَالَفَهُمْ فِي ذَلِكَ آخَرُونَ ، فَقَالُوا : لَا بَأْسَ بِقَصِّ الْأَظْفَارِ وَالشَّعْرِ ، فِي أَيَّامِ الْعَشْرِ ، لِمَنْ عَزَمَ عَلَى أَنْ يُضَحِّيَ ، وَلِمَنْ لَمْ يَعْزِمْ عَلَى ذَلِكَ وَاحْتَجُّوا فِي ذَلِكَ ، بِمَا قَدْ ذَكَرْنَاهُ فِي كِتَابِ الْحَجِّ ، { عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا أَنَّهَا قَالَتْ : كُنْت أَفْتِلُ قَلَائِدَ هَدْيِ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ، فَيَبْعَثُ بِهَا ، ثُمَّ يُقِيمُ فِينَا حَلَالًا ، لَا يَجْتَنِبُ شَيْئًا مِمَّا يَجْتَنِبُهُ الْمُحْرِمُ ، حَتَّى يَرْجِعَ النَّاسُ (فَفِي ذَلِكَ دَلِيلٌ عَلَى إبَاحَةِ مَا قَدْ حَظَرَهُ الْحَدِيثُ الْأَوَّلُ وَمَجِيءُ حَدِيثِ عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا أَحْسَنُ مِنْ مَجِيءِ حَدِيثِ أُمِّ سَلَمَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا ، لِأَنَّهُ جَاءَ مَجِيئًا مُتَوَاتِرًا .وَحَدِيثُ أُمِّ سَلَمَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا ، لَمْ يَجِئْ كَذَلِكَ ، بَلْ قَدْ طُعِنَ فِي إسْنَادِ حَدِيثِ مَالِكٍ ، فَقِيلَ : إنَّهُ مَوْقُوفٌ عَلَى أُمِّ سَلَمَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا ya'ni: “Ba'zi ahli ilmlar bu hadis(hukmi)ga юradilar. Uni mahkam tutib, (amal qilish uchun) asos qilib olishadi. Boshqa ulamolar esa o'zgacha yo'l tutadilar va shunday deydilar: “Zulhijjaning avvalgi o'n kunida qurbonlik qilishni niyat qilgan va niyat qilmaganlar uchun soch va tirnoqlarini olishda hech qanday zarar (gunoh) yo'q”. Ular bu to'g'risida “Haj kitobi”da keltirgan hadisimizni hujjat qiladilar: Oisha roziyallohu anho aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Hadiy (qurbonlik uchun atalgan hayvon)lariga qurbonlik belgilarini bog'lar edim. U zot qurbonliklarini (Makka shahriga) jo'natar va biz bilan (Madina shahrida) halol (ya'ni, ehromsiz) turardilar. Ehromli kishi ehtiyot bo'lishi kerak bo'lgan narsalar (soch va tirnoq olish, jinsiy aloqa va hokazolar)dan saqlanmas edilar. Odamlar hajdan qaytguncha shu holat davom etardi”. Bu hadisda avvalgi hadisda man qilingan ishlarning muboh ekaniga dalil bor. Oisha onamiz roziyallohu anho aytgan hadisning bizga etib kelish yo'li Ummu Salama onamiz (roziyallohu anho)nikidan yaxshiroq. Чunki Oisha onamizning hadisi bizga “Mutavotir” holda etib kelgan. Ummu Salama onamizdan rivoyat qilingan hadisning bizga etib kelishi esa unday emas, balki Imom Molikdan rivoyat qilingan hadisning isnodiga ta'na etgan. Bu hadis Payg'ambarimizga etib bormaydi, Ummu Salamada to'xtaydi, deganlar” (“Sharhi maonil osor”) Imom Tahoviy bu mavzuni hadislar bilan sharhlab bo'lgach, masalaga boshqa tomondan yondashib aytadilarki, ehrom – kishiga avval halol bo'lgan ko'p narsalarni man qiladi. Shularning ichida eng qattiq man qilingani jinsiy aloqa bo'lib, u ehromni buzadi. Endi, ehromda bo'lmagan kishi qurbonlik qilmoqchi bo'lsa, u jinsiy aloqadan man qilinmaydi. Undan man qilinmagandan keyin o'z-o'zidan undan pastroq darajadagi ish (soch, tirnoq olish)lardan man qilinmaydi. Mana shu – Imom Abu Hanifa, Abu Юsuf va Muhammad (rohmatullohi alayhim)larning so'zidir. Muhaqqiq alloma Mulla Aliyюl Qoriy rohimahulloh bu masalada shunday deydilar: وَقَالَ أَبُو حَنِيْفَةَ: هُوَ مُبَاحٌ لاَ يُكْرَهُ وَلاَ يُسْتَحَبُّ ya'ni: “Abu Hanifa rohimahulloh aytadilar: “Bu ish – muboh bo'lib, (soch, tirnoqni olish) makruh ham emas, (ularni olmaslik) mustahab ham emas”” (“Mirqotul Mafotih”). Demak, qurbonlik qilmoqchi bo'lgan shaxs modomiki ehromda emas ekan soch-soqolini, tirnog'ini olishida hech qanday gunoh yo'q, balki bu – ixtiyoriy bir amaldir.
Jumhur ulamolar – hanafiylar, molikiylar va hanbaliylarga ko'ra vafot etib ketgan kishilar nomidan, garchi vasiyat qilishmagan bo'lsa ham qurbonlik qilish joiz ekanini, qurbonlikning savobi ularga etishini aytishgan.
Jumhur ulamolar o'zlarining aytgan so'zlariga hadisdan, qiyosdan bir qancha dalillarni keltiradilar. Jumladan:
عَنْ عَائِشَةَ رضي الله عنها أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أُتِيَ بِكبش لِيُضَحِّيَ بِهِ، فأَضْجَعَهُ، ثُمَّ ذَبَحَهُ، ثُمَّ قَالَ: "بِاسْمِ اللهِ، اللهُمَّ تَقَبَّلْ مِنْ مُحَمَّدٍ، وَآلِ مُحَمَّدٍ، وَمِنْ أُمَّةِ مُحَمَّدٍ، ثُمَّ ضَحَّى بِهِ" (رواه الامام مسلم).
Oisha raziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning huzurlariga qurbonlik qilish uchun bir qo'chqor olib kelindi. U zot uni yotqizib, so'ydilar. U zot: “Bismillah, ey Alloh, Muhammaddan, Muhammadning oilasidan va Muhammadning ummatidan qabul qilgin”, deb qurbonlik qildilar” (Imom Muslim rivoyati).
Boshqa bir rivoyatda Payg'ambarimiz alayhissalom ikkita qo'chqor so'yib, birini o'zlarining nomlaridan boshqasini esa, qurbonlik qila olmagan ummatlarining nomidan qurbonlik qilganlari zikr qilingan.
عَنْ أَبِي رَافِعٍ رضي الله عنه أَنَّ رَسُولَ اللهِ صلى الله عليه وسلم كَانَ إِذَا ضَحَّى إشْتَرَى كَبَشَيْنِ سَمِيْنَيْنِ أَقْرَنَيْنِ أَمْلَحَيْنِ، فَإِذَا صَلَّى وَخَطَبَ النَّاسَ أُتِىَ بِأَحَدِهِمَا وَهُوَ قَائِمٌ فِي مُصَلاَّهُ، فَذَبَحَهُ بِنَفْسِهِ بِالْمُدْيَةِ، ثُمَّ يَقُولُ: "اللَّهُمَّ هَذَا عَنْ أُمَّتِي جَمِيعًا، مِمَّنْ شَهِدَ لَكَ بِالتَّوْحِيدِ، وَشَهِدَ لِي بِالْبَلَاغِ..." (رَوَاهُ الإِمَامُ أَحْمَدُ).
Abu Rofe' raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam qurbonlik qilganlarida ikkita semiz, shoxdor, oq-qora rangli qo'chqorni sotib olgan edilar. Namozni o'qib, odamlarga xutba qilib, namozgohda turganlarida qo'ylardan biri olib kelindi. Shunda u zot uni pichoq bilan so'ydilar va “Ey Alloh, bu Sening yagonaliging va meni (Sen tarafingdan nozil bo'lgan narsalarni) etkazganimga guvohlik bergan barcha ummatim nomidan”, dedilar” (Imom Ahmad rivoyati).
Demak, Rasuli akram alayhissalom barcha ummatlari nomidan qurbonlik qilganlari ochiq oydin zikr qilinmoqda. Ma'lumki, o'sha paytda vafot etib ketgan bir qancha sahobalar ham bor edi. Ular ham ummatlari qatorida hisoblanishadi. Rasululloh ummatlari nomidan qurbonlik qilsalar, ularning nomidan ham qurbonlikni ado etgan bo'ladilar. Demak, bundan vasiyat qilmagan bo'lsa ham vafot etgan kishining nomidan qurbonlik qilish joizligi kelib chiqadi.
Shuningdek, ko'plab hadisi shariflarda vafot etgan kishining nomidan haj qilish, sadaqa qilish joizligi aytilgan. Haj badaniy ibodat, sadaqa esa moliyaviy ibodat bo'la turib, o'tganlar nomidan ado etish joiz ekan – moliyaviy ibodat sanalmish qurbonlik ham batariqi avlo joiz bo'lishi kerak (Alloma Alouddin Kosoniy, “Badoi'us sanoi'” kitobi).
Bir kishi vafot etgan kishining nomidan qurbonlik qilsa, xuddi o'zi uchun qurbonlik qilgani kabi uning go'shtidan o'zi iste'mol qilishi va sadaqa qilishi mumkin. Bunda qurbonlikning savobi vafot etgan kishi uchun, go'shti esa, so'ygan kishi uchun bo'ladi.
Agar vafot etgan kishi qurbonlik qilishni vasiyat qilgan bo'lsa, uning vorislari butun bir yoki ettidan bir hissani qurbonlik qilishlari vojib bo'ladi. Bunda qurbonlik go'shtini barchasini faqir, miskinlarga sadaqa qilib юborishlari lozim bo'ladi (Alloma Ibn Obidin “Raddul muhtor” kitobi).
Xulosa qilib aytganda, nisobga etarli mol-mulkka ega bo'lgan kishi qurbonlik qilishi vojib bo'ladi. Shu bilan birga kishi qodir bo'lsa, bir necha kishi nomidan ham qurbonlik qilishi mumkin bo'ladi. Masalan: o'tgan ota-onalari, ajdodlari va yoru birodarlari nomidan. Ba'zi ulamolar janobimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam nomlaridan qurbonlik qilishni ham yaxshi sanashgan. Чunki bunda U Zotga bo'lgan muhabbatni ifoda etish bor (Zafar Ahmad Usmoniy, “E'lous sunan” kitobi).Vallohu a'lam.