NAMOZ BUZILADIMI YO’QMI?

ID: 3548

23.10.2025

76

Savol:

Assalomu Alaykum Va Rahmatulloxi va barakatux! Xozirda aqilli soatlar telefonga ulanadi va sms xabarlar kelganda soatda ko’rinadi. Namoz o’qiyotgan vaqtda xabarlarni behosdan uzi xoxlmagan xolda uqisa yoki raqamlarga kuzi tushib qolsa namoz buzilmaydimi? Javobingiz uchun Raxmat ollox ilmingizni ziyoda qilsin.

Javob:

Va alaykum assalom. Namozda biror yozuvga ko‘zi tushsayu uni harfma harf o‘qimasa, yozuvdan biror ma’noni anglasa ham, namoz buzilmaydi. Ammo bunda ortiqcha harakatlardan ehtiyot bo‘lish kerak. Namoz asnosida "amali kasir (ko‘p ish)" qilish bilan namoz buziladi. "Amali kasir" ning ta’rifida fuqaholarning bir necha ta’riflari bo‘lib, ulardan eng "rojih" i, ya’ni ustuni tashqaridan qaragan odam namozxonni harakati ko‘pligidan uni namoz o‘qimayapti degan fikrga borsa, shunda namozxonni namozi buziladi deyiladi. Savoldagi holatda ham namoz buzilgan yoki buzilmaganligini mana shu o‘lchov orqali aniqlashtiriladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar