Ko‘pchilikka taom olib kelinganda kim birinchi boshlash kerak. Yoshi katta insonmi yoki hamma birdaniga boshlash kerakmi. Buni so‘raganim sababi, bir kuni bir o‘rtog‘imiz hamma birdaniga boshlash kerak deb qoldi? Shunga aniqlik kiritib bersangizlar.
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Taomlanish odoblariga oid kitoblarimizda olim va katta yoshdagi kishilar taom tanovul qilishni boshlamagunlaricha, boshqalarning kutib turishi yuksak odoblardan ekanligi keltiriladi.
عَنْ حُذَيْفَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كُنَّا إِذَا حَضَرْنَا مَعَ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم طَعَامًا، لَمْ نَضَعْ أَيْدِيَنَا حَتَّى يَبْدَأَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم فَيَضَعَ يَدَهُ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ
Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sallallohu alayhi vasallam bilan taomga hozir bo‘lsak, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam boshlamagunlaricha, qo‘llarimizni uzatmas edik». (Imom Muslim rivoyat qilgan).
Demak, taom majlisida o‘zidan ko‘ra fazilatli yoki yoshi katta insonlar bo‘lsa, taom tanovul qilishni ulardan avval boshlamasligi odobdan hisoblanadi. Shuning uchun olim yoki yoshi katta inson birinchi boshlashi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Vallohu a’lam!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.