Assalomu alaykum. Bundan bir yarim yil avval umurtqa pog'onasi disk churrasi sababli mening ikki oyog'imning orqa qismi va ikki hojat yo'lim falajlandi. Hozirda el chiqishini va peshobni nazorat qila olmayman. Har bir namoz uchun alohida tahorat olib o'qiyman. Shu holatda o'z ayolimga imomlik qilishim mumkinmi yoki alohida o'qishimiz kerakmi?
Vaalaykum assalom. Fiqhga ko'ra, tahorati doimiy buziladigan kishining, ya'ni sohibi uzrning, sog'lom insonga namozda imomlik qilishi durust emas.
Siz peshob va el ushlab turolmaslik holati tufayli sohibi uzr hisoblanasiz va har namoz vaqtiga alohida tahorat olib namoz o'qiysiz. Agar ayolingiz sog'lom bo'lsa, unga imomlik qilishingiz joiz bo'lmaydi. Shuning uchun har biringiz namozni alohida o'qishingiz lozim. Vallohu a'lam.