Azonda muazzin "Ashhadu anna Muhammadar Rasululloh" desa, salovat aytish kerak ekan, shu to‘g‘rimi?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Azonda shahodat kalimasidan keyin salovat aytish shart, degan buyruq yo‘q.
Azonga javob qaytarish — muazzin aytgan kalimalarni qaytarib turishdir.
Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: "Qachon azonni eshitsangiz, muazzin aytgan kalimalarni qaytaring".
"Hayya alas-solah" va "hayya alal falah" kalimalari aytilganda "La havla va la quvvata illa billah", deyiladi. "As-solatu xoyrum minan navm" deganda "Sodaqta va barorta", deyiladi.
"Hayya alal falah" deganda, eshituvchi "Maa shaa Allohu kaana va maalam yasha’ lam yakun", deyishi ham fiqh kitoblarida aytilgan.
Azondan keyin Payg‘ambarimiz alayhissalomga salovat aytib, azon duosini o‘qiydi.
Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.