Shariatda sotayotgan narsasidan qancha foyda ko‘rish tayin qilinganmi?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Shariatda sotuvchi molni shunchaga sotsin yoki sotmasin deb tayin qilmagan. Lekin, odamlarga zulm yetadigan darajada haddan ziyod qimmat qilib sotish ham joiz emas. Shuning uchun urfdagi qiymatdan ortiq bahoga sotish joiz emas.
عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ، قَالَ: غَلَا السِّعْرُ عَلَى عَهْدِ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَقَالُوا: يَا رَسُولَ اللَّهِ سَعِّرْ لَنَا، فَقَالَ: إنَّ اللَّهَ هُوَ الْمُسَعِّرُ، إنِّي لَأَرْجُو اللَّهَ أَنْ أَلْقَاهُ، وَلَيْسَ أَحَدٌ مِنْكُمْ يُطَالِبُنِي بِمَظْلِمَةٍ فِي دِينٍ، وَلَا دُنْيَا
Abu Sa’iyd al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida narx qimmatlab ketib, odamlar: “Ey, Allohning rasuli narxni bizga belgilab bering” dedilar. Shunda (Rasululloh sollallohu alayhi vasallam): “Narxni belgilovchi Allohdir. Men din va dunyoyim borasida biror kishi mendan haqqini talab qilmagan holatda Allohga yo‘liqishni xohlayman” dedilar” Tabaroniy rivoyati.
إنْ غَرَّهُ أَيْ غَرَّ الْمُشْتَرِي الْبَائِعَ أَوْ بِالْعَكْسِ أَوْ غَرَّهُ الدَّلَّالُ فَلَهُ الرَّدُّ وَإِلَّا لَا وَبِهِ أَفْتَى صَدْرُ الْإِسْلَامِ وَغَيْرُهُ
“Xaridor sotuvchini yoki sotuvchi xaridorni yoki dallol aldasa, aldangan kishiga narsasini qaytarish haqqi bor. Agar aldanmasa, qaytarishga haqqi yo‘q. Sodrul islom va boshqalar shunga fatvo berganlar”. Raddul muhtor. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.