GUSULSIZ HOLDA TISH PLONBA QILDIRISH

ID: 13584

20.06.2026

101

Savol:

Tish plonbalayotganda inson gusulsiz holda bolsa buni hukmi qanday?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Ulamolar zarurat tufayli tish qoplatish va qoplama (plomba) qo'yishni joiz deyishgan. Чunki buni davolanish deb hisoblanadi. Bu holatda bemor tahoratli, pok bo'lishi shart qilinmagan. Tish, qoplama qo'ydirgandan keyin tahorat yoki g'uslda og'zini chayqaganda qoplangan tishning ustini юvish ostini юvish o'rniga o'tadi. Чunki ulamolar jarohat ustiga biror narsani bog'lash vaqtida tahoratli bo'lish shart emas, deyishgan. Qoplangan tish va plombalar ham mana shu hukmga tushadi (“Al-lubob fi sharhil kitob” kitobi). Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar