MAKTABDAGI OYLIGIM HALOLMI?

ID: 4826

05.12.2025

22

Savol:

Assalomu alaykum, savolim bor edi, Men davlat maktabida ishlayman. Ishga kirishda direktor bilan darsimni o'tib ketishim kerak, 1yoshli bolam borligi uchun soat 8dan soat 14.00 gacha maktabda o'tira olmayman deb kelishganman. Bu og'zaki bo'lgan. Davlat esa dars o'tgani va shu 8dan 14.00gacha юklama degan ishni qilgani uchun oylik to'laydi. Bilasizki, direktor da&lat pulidan oylikni chikaradi. Endi mening to'liq olayotgan oyligim halol bo'ladimi? 2) Keyin milliy til sertifikatimga ozi aslida 20foiz tolanishi belgilangan qonunda, lekin hozir zauch adashibmi 50 foiz ustama yozgan manga, bu ortiqcha tolanganini qaytarib oladi davlat. Endi yana bir narsa direktor manga 15 soat dars yozgan. Lekin man 10 soat darsni o'taman. Direktor 5 soatni pulini, ya'ni 15soat darsni pulini 3dan 1 qismini menga berasiz, va shu sinflarni yarim guruhiga dars o'tadigan o'qituvchiga beraman, yana maktabga ses xodimlari tekshirishdan 8 million so'm jarima solgan, uni ham shu sizlardan olganimdan to'layman deb aytdi. Bu rostmi bilmayman. Man oyligimni 3dan 1 qismini berib kelyapman. Endi man sudxo'rlikka aralashib qolmadimmi? Bu direktorni olayotgan pulini ichida shu ortiqcha yozilgan 50 foizli ustama ham bor. Davlat ortiqcha ustamani mandan qaytarib berishni so'raganida man ham direktor ham teng miqdorda summa qaytarib to'laymizmi? Yoki faqat man o'zim to'lashim kerakmi? Direktorni ortiqcha ish soati yozib pulini olishi halolmi?

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatulloh.

  1. Belgilangan vaqtda o'qituvchi daftar va yozma ishlarni tekshirish, kelasi darsga tayyorlanish, nazorat savollari tuzish, kasbiy salohiyatni oshirish kabi ishlarni bajarishi talab etiladi. Agar siz uyda mazkur ishlarni to'liq bajarayotgan bo'lsangiz, darsingizni talab darajasida o'tayotgan bo'lsangiz va darsdan tashqari vaqtda ishda bo'lmasligingizga maktab direktori rozi bo'lsa, inshaalloh to'liq oyligingiz sizga halol bo'ladi.

  2. Ustamani xato yozgan bo'lsa, ortiqcha pulni davlatga qaytarishingiz yoki kelasi oyliklaringizdan ushlab qolinishi lozim. Direktorni ortiqcha ish soati yozib, pulini olishi davlat pulini o'g'irlash, xiyonat hisoblanadi, bunga yordam berib siz ham sherik bo'lib qolyapsiz. Ortiqcha 50 % ustamani kim qanchasini olgan bo'lsa, o'shani davlatga qaytarishi kerak. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar