Hozirgi kunda ko'plab joylarda sun'iy hovuzlar tashkil qilinib, ovlash uchun baliqlar tashlanmoqda. Ushbu hovuzlarga kirish uchun ma'lum miqdorda pul to'lanadi. Kirgan kishilarning ayrimlari baliq tutadi, ayrimlari esa umuman tutolmay chiqib ketadi. Bu ish shar'an halol hisoblanadimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Agar ikki tomon shu kelishuvga rozi bo'lsa, ko'l egasi mijozlarning baliq ovlashlari uchun qandaydir to'siqlar qo'ymasa, masalan, baliq yo'q joyni ko'rsatib, shu joyda tutasizlar demasa, joiz bo'ladi. Chunki bu ijara kelishuvi hisoblanadi. Ijarada bir tomondan manfaat, boshqa tomondan shu manfaat uchun to'lov beriladi. Bu holatda bir narsani esdan chiqarmaslik lozim: ko'l egasi mijozning baliq tuta olmasligi uchun, mijoz sifatida keluvchilar esa ko'proq baliq tutish uchun hiyla, aldov qilmasliklari lozim. Vallohu a'lam.