SOG‘LOMLASHTIRUVCHI MASSAJ

ID: 394

04.04.2025

84

Savol:

Erkak kishi ayol kishidan sanatoriyada sog‘lomlashtiruvchi massaj olish mumkinmi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Mumkin emas. Shariatning asl qoidasiga ko‘ra erkak bemorlarni erkak tabiblar davolaydi, ayol bemorlarni ayol tabiblar davolaydi. Faqatgina zarurat holatlardagina ushbu qoidada istisno bor. Zarurat deganda bir jonga o‘lim xavf solib turgan holat nazarda tutiladi. Shunda ham ushbu istisno zarurat miqdorida bo‘lishi ta’kidlanadi.

Islomda inson hayoti qadrlanadi. Shu sababdan noiloj qolganda yoki o‘lim xavf solganda harom qilingan narsalarni iste’moliga ham, zarurat miqdoricha, ruxsat berilgan. Zero, fiqhiy qoidalardan birida:

الضرورات تبيح المحظورات

ya’ni: “Zaruratlar man qilingan ishlarni mubohga aylantiradi” deyilgan.

Massaj olish esa zarurat holati emas. Shuningdek ayol kishilar ham erkak kishidan massaj olishi mutlaqo joiz emas. Vallohu a’lam. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar