"MUHAMMAD ALAYHISSALOMNING SHAFOATLARIDAN NASIB ET" DEB DUO QILSA BO‘LADIMI?

ID: 444

04.04.2025

38

Savol:

Duoda "Allohim Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning shafoatlaridan nasib et", deb duo qilsa bo‘ladimi? Shirk bo‘lib qolmaydimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Shafoatni nasib bo‘lishini so‘rash shirk emas. Chunki shafoat haqida Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhudan shunday rivoyat qilinadi:

 عَنْ جَابِرِ بنِ عَبْدِ الله قال: قال رَسُولُ الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ شَفَاعَتِي لاِهْلِ الكَبَائِرِ مِنْ أُمّتِي    رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ummatimdan katta gunoh qilganlarga shafoatim bordir”, dedilar”. Termiziy rivoyat qilgan.

Shirk Alloh taologa boshqa narsani teng bilib, unga sig‘inishdir. Shafoat so‘rab, duo qilishda, bunday ko‘rinish yo‘q. Bu yerda Alloh taolo Payg‘ambariga bergan fazilatdan umidvor bo‘lish bor. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar