Tasbeh namozi haqida maʼlumot bersangiz iltimos
Bismillahir Rohmanir Rohim. Bu namoz mashhur nafl namozlar sirasiga kiradi va nafl namoz o'qish mumkin bo'lmagan vaqtlarda o'qilmaydi. To'rt rakat o'qiladi. Ikki rakatdan bo'lib-bo'lib, ikki marta ham o'qish mumkin. Чunki har rakatda 75 ta, to'rt rakatda 300 ta tasbeh aytilishi kerak. Zam surada istagan surani o'qish mumkin. Agar bilsa, birinchi rakatga “Takosur”, ikkinchiga “Asr”, uchinchiga “Kofirun”, to'rtinchiga “Ixlos” surasini o'qiydi. Bu namozning o'qilish kayfiyatini Alloma Ibn Obidin rahimahulloh quyidagicha bayon qilgan: وَهِيَ أَرْبَعٌ بِتَسْلِيمَةٍ أَوْ تَسْلِيمَتَيْنِ ، يَقُولُ فِيهَا ثَلَثَمِائَةِ مَرَّةٍ { سُبْحَانَ اللَّهِ ، وَالْحَمْدُ لِلَّهِ وَلَا إلَهَ إلَّا اللَّهُ ، وَاَللَّهُ أَكْبَرُ } يَقُولُ ذَلِكَ فِي كُلِّ رَكْعَةٍ خَمْسَةً وَسَبْعِينَ مَرَّةً ؛ فَبَعْدَ الثَّنَاءِ خَمْسَةَ عَشَرَ ، ثُمَّ بَعْدَ الْقِرَاءَةِ وَفِي رُكُوعِهِ ، وَالرَّفْعِ مِنْهُ ، وَكُلٍّ مِنْ السَّجْدَتَيْنِ ، وَفِي الْجَلْسَةِ بَيْنَهُمَا عَشْرًا عَشْرًا بَعْدَ تَسْبِيحِ الرُّكُوعِ وَالسُّجُودِ ، وَهَذِهِ الْكَيْفِيَّةُ هِيَ الَّتِي رَوَاهَا التِّرْمِذِيُّ فِي جَامِعِهِ عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ الْمُبَارَكِ ، وَعَلَيْهَا اقْتَصَرَ فِي الْقُنْيَةِ وَقَالَ إنَّهَا الْمُخْتَارُ مِنْ الرِّوَايَتَيْنِ . “Tasbeh namozi bir yoki ikki salom bilan o'qilib, unda uch юz marta “Subhanallohi val hamdu lillahi vala ilaha illallohu vallohu akbar” ni aytadi. Bir rakatda etmish besh marta aytadi. Quloq qoqib sanoni o'qigandan keyin o'n besh marta aytadi. Keyin “A'uzu”, “Basmala”, “Fotiha” va zam surani o'qigandan keyin o'n marta, rukuda o'n marta, rukudan qaytganda o'n marta, birinchi sajdada o'n marta, sajdadan qaytib o'tirganda o'n marta, ikkinchi sajdada o'n marta aytiladi. Mazkur tasbehni ruku va sajdada “Subhaana robbiyal a'la” va “Subhaana robbiyal aziym”ni aytgandan keyin o'n marta aytadi. Bu kayfiyatni Imom Termiziy Abdulloh ibn Muborakdan rivoyat qilganlar. “Qunya” kitobida ham shu kayfiyat aytilgan va ulamolar tomonidan ixtiyor qilingan so'z mana shu degan” (“Raddul muhtor” kitobi). Mana shu tartibda to'rt rakat o'qiladi va jami uch юz tasbeh aytilgan bo'ladi. Agar shu namozda sajdai sahv vojib bo'lib qolib, sajdai sahv qilsa, mazkur sajdada tasbehlarni aytmaydi, balki sajdaning o'zining tasbehlari bilan kifoyalanadi. Agar qaysidir joydagi tasbehni tashlab ketgan bo'lsa, boshqa o'rinda bo'lsa ham o'shani o'qib qo'yiladi. Masalan, birinchi sajdadagi o'n tasbehni o'qimagan bo'lsa, oradagi jalsada emas, ikkinchi sajdadagi tasbehlarga qo'shib o'qib qo'yadi. Bir qancha hadisi shariflarda tasbeh namozi fazilatlari aytilib, uni o'qigan inson gunohlardan forig' bo'lishi, imkoni bo'lsa har kuni, bo'lmasa, haftada, oyda, yilda, buni ham qila olmasa, umrda bir marta bo'lsa ham qilishga targ'ib qilingan. Tasbeh namozida tasbehlar o'qish borasida boshqa ko'rinishlar ham bor. Ko'pchilik ulamolar ma'qullagan ko'rinishni keltirishni afzal deb bildik. Vallohu a'lam.