ASSOLOMU ALEYKUM USTOZLAR MENDA 1TA FARZAND BOR EDI SHU BILAN BOSHQA OLLOX BIZNI FARZAND NEMATI BILAN SIYLAMADI ENDI AKAM FARZAND LIK BOLUVDI SHUNI MENGA BERISH MOQCHI BU FARZAND OGIL BOLA KELAJAKDA MENI AYOLIMGA NOMAXRAM BOLIB QOLMAYDI CHAQALOQNI BOQUB OLSAK

ID: 3735

30.10.2025

96

Savol:

Okam farzadlarini yangi tug‘ilgan chaqaloqlarini menga berishdi. U farzand kelajakda ayolimga nomahram bo‘lib qolmaydimi? Oldindan javob uchun rahmat.

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Aslida, bu farzand voyaga yetgach ayolingizga nomahram hisoblanadi, chunki ular o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri nasab rishtasi yo‘q. Ularni bir-biriga mahram qilish uchun ayolingiz yoki uning opa-singillari bu go‘dakni ikki yoshga to‘lguniga qadar emizishi kerak. Mazhabimizga ko‘ra, shu muddat ichida bir marta emizish bilan ham ayolingiz unga emizikli ona maqomini oladi va ular o‘rtasida abadiy mahramlik sobit bo‘ladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar