10 KUN HAYZ KELGANIDAN KEYIN YANA OZGINA QON KELSA

ID: 8587

03.03.2026

1299

Savol:

Assalomu alaykum. Bu savolni berganim uchun uzr so'rayman. Yoshim 33 da. Hayz vaqtim tugaganiga 10 kun bo'ldi. Kecha esa bir marta ozgina aralashma (qonga o'xshash) keldi. Shu holatda ro'za va namozimni davom ettirishim uchun yana gusl qilishim kerakmi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Hanafiy mazhabi bo'yicha hayzning eng ko'p muddati 10 kun. Agar 10 kun to'lib bo'lganidan keyin yana ozgina qon yoki aralashma kelsa, u hayz hisoblanmaydi, balki istihoza (uzr qoni) hisoblanadi. Shuning uchun ro'zangiz va namozingizni davom ettiraverasiz. Gusl qilish shart emas, faqat tahorat olib namoz o'qiladi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar