AZONDA SHAHODAT KALIMASIDAN KEYIN SALOVAT AYTILADIMI?

ID: 52

04.04.2025

75

Savol:

Azonda muazzin "Ashhadu anna Muhammadar Rasululloh" desa, salovat aytiladimi yoki shu kalimaning o‘zi qaytariladimi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Azonda shahodat kalimasidan keyin shu kalimani o‘zini takrorlab turiladi. Xossatan shahodat kalimasidan keyin salovat aytish hadislarda kelmagan. Lekin Payg‘ambarimiz alayhissalomning nomlari zikr qilinganda salovat aytish haqidagi umumiy tavsiyalarga binoan va zikr o‘rni bo‘lgani uchun bu vaqtda ham salovat aytish joiz. Bu o‘rinda aytilmasa ham, aslida azon tugagandan keyin salovot aytish va duo qilishga buyurilgan. Payg‘ambarimiz alayhissalom:

إذا سمعتم المؤذن فقولوا مثل ما يقول، ثم صلوا علي فإنه من صلى علي صلاة صلى الله عليه بها عشرا ثم سلوا الله لي الوسيلة، فإنها منزلة في الجنة لا ينبغي إلا لعبد من عباد الله وأرجو أن أكون أنا هو، فمن سأل لي الوسيلة حلت له الشفاعة. رواه مسلم

"Muazzin (azoni)ni eshitsangiz, u aytgan so‘zni ayting. Keyin menga salot ayting. Chunki kim menga bitta salot aytsa Alloh taolo unga o‘nta salot aytadi. Keyin Alloh taolodan menga vasila so‘ranglar. U jannatdagi manzila (martaba)dir. U Alloh taoloning bandalaridan birigagina lozim bo‘ladi (nasib qiladi). O‘sha banda men bo‘laman deb umid qilaman. Kim menga vasila so‘rasa, unga shafoat yetadi", deganlar (Imom Muslim rivoyatlari).  Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar