HAYITDAN BIR KUN AVVAL RO‘ZADORLARNI CHAQIRIB IFTORLIK QILISH MUMKINMI?

ID: 306

04.04.2025

101

Savol:

Hayitdan bir kun avval arafa kuni ro‘zadorlarni chaqirib iftorlik qilish mumkinmi? Ba’zi kishilar arafa kuni iftorlikka borgan kishi bir oylik ro‘zasining savobini iftor qilgan kishiga tashlab keladi deyishadi. Shu gap qanchalik to‘g‘ri?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Bu gap to‘g‘ri emas. Ramazon hayitidan bir kun avval ham iftorlik dasturxonini yozish mumkin, bu iftorlik dasturxoniga chaqirilgan ro‘zadorlar ham borishlari mumkin.

Ro‘zadorga iftor qilib bergan kishiga ro‘za tutgan kishiga beriladigan savob beriladi, bu bilan ro‘zadorning savobi kamayib qolmaydi.

عَنْ زَيْدِ بْنِ خَالِدٍ الْجُهَنِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: مَنْ فَطَّرَ صَائِمًا كَانَ لَهُ مِثْلُ أَجْرِهِ، غَيْرَ أَنَّهُ لَا يَنْقُصُ مِنْ أَجْرِ الصَّائِمِ شَيْئًا. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَحْمَدُ

Zayd ibn Xolid al-Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim ro‘zadorni iftor qildirsa, unga uning ajricha ajr bo‘lur. Shu bilan birga, ro‘zadorning ajridan hech bir narsa kam bo‘lmas”, dedilar” (Termiziy va Ahmad rivoyat qilganlar). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar