NOMAHRAMGA TEGIB KETISH G'USLNI VOJIB QILADIMI?

ID: 5247

18.12.2025

136

Savol:

Assalamu alaykum. Men nomahram bilan qo'l berib ko'rishgan odam junub bo'lishi va namoz uchun g'usl qilishi kerakligi haqida eshitgan edim. Agar nomahramga bexosdan tegib ketilsa ham shundaymi? Masalan, nimadir olayotganda qo'liga bexosdan tegib ketsa yoki yo'lda ketayotganda, avtobusda nomahramga turtilib ketish ham xuddi shu hukmda bo'ladimi? Yoki bunday ataylab bo'lmagan holatlarning hukmi boshqacha? Javob uchun oldindan rahmat!

Javob:

Vaalaykum assalom. Hanafiy mazhabiga ko'ra, nomahram bilan qo'l berib ko'rishish tahoratni buzmaydi, g'uslni vojib qilmaydi. G'usl faqat shahvat bilan maniy chiqqanda vojibdir. Ammo shariatimizda nomahram bilan qo'l berib ko'rishish va qasddan teginish qaytarilgan ish sanaladi. Shu bois bundan saqlanish lozim. Bexosdan tegib ketish esa bundan mustasno bo'lib, bunday vaziyatda gunoh bo'lmaydi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar