KA'BANI TAVOF QILISH VA UNGA QO'L TEKKIZISH

ID: 5054

12.12.2025

177

Savol:

Assalomu alaykum. Hajga borganda Ka'batullohga qo'l tekkizish yoki uning atrofida aylanish Ka'batullohga sig'inishga kiradimi? Nega? Axir u Alloh tomonidan yaratilgan ne'mat-ku, nega Allohga emas, Ka'batullohga sig'iniladi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Ka'batullohni tavof qilish yoki unga qo'l tekkizish unga sig'inish hisoblanmaydi. Alloh taolo O'z hikmati bilan er юzidagi barcha makonlar ichidan Makkani tanlab, ka'bani O'zining bayti deb e'lon qildi va barcha musulmonlarga namozda unga юzlanishni va uni tavof qilishni buюrdi. Aqidamizga ko'ra, foyda va zarar berish faqat va faqat Alloh taoloning qo'lidadir. Musulmonlar ka'ba yoki hajarul asvad biror foyda beradi yoki zararni daf qiladi, deb e'tiqod qilmaydilar. Agar shunday e'tiqod qilinsa, bu shirk bo'ladi.

Bu masalada Hazrati Umar roziyallohu anhuning hajarul asvadni o'pib turib aytgan mashhur so'zlari eng go'zal dalildir: «Sen zarar ham foyda ham bermaydigan shunchaki bir tosh ekaningni bilaman. Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam seni o'pganlarini ko'rmaganimda, o'pmas edim» (Buxoriy rivoyati). Ushbu so'z musulmonlarning amali butparastlikdan tamomila farq qilishini, bu amallar faqatgina Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ergashish va Allohning roziligini istash ekanini ko'rsatadi.

Xulosa qilib aytganda, ka'ba musulmonlarning ibodatdagi birlik va Allohga bo'lgan qullikning ramziy ifodasidir. Musulmon kishi tavof chog'ida uning egasi bo'lmish Yagona Allohga iltijo qiladi, Uning o'zidan mag'firat so'raydi va Ungagina sig'inadi. Butparastlar butlarning o'zidan madad kutishgan bo'lsa, musulmonlar ka'ba orqali Allohning rahmatiga erishishni maqsad qiladilar. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar