ROZA TUTISH BOʻYICHA

ID: 3158

09.10.2025

380

Savol:

Assalomu alaykum savolim shundan iboratki yaqinda onam kasallik tufayli vafot etishdi onamga savob yozilishi uchun men kelayotgan Ramazon roʻzasini onam uchun tutib berishim oʻzim uchun esa keyin qazo qilib ado etsam boʻladimi iltimos tushuntirib bersangiz oldindan rahmat

Javob:

Va alaykum assalom. Yo‘q unday qilib bo‘lmaydi. Mazhabimiz ulamolari nazdida vafot etgan kishilarning nomidan ro‘za tutib bo‘lmaydi, balki, valiylari tomonidan ularning ro‘za tutishdan ojiz bo‘lgan har bir kunlari uchun fidya (bir miskinning bir kunlik taomi yoki shu miqdoridagi mablag‘) beriladi.

Bu haqda fiqhiy manbalarimizda shunday deyiladi:

و ان صح او اقام ثم مات فدي وارثه ما فات ان عاش بعده بقدره...

Ya’ni: Agar (bemor) tuzalib yoki (musofir) uyiga qaytib bir muddat yashab vafot etsa, merosxo‘rlari mayyitning yashagan kunlari uchun fidya beradilar (Muxtasarul viqoya).

Agar Ramazon ro‘zasini kasallik yoki safarni uzoq davom etgani sababli tuta olmasa va vafot etsa unga qazosi vojib bo‘lmaydi, lekin merosxo‘rlariga vasiyat qilgan bo‘lsa vasiyati durust bo‘ladi va merosxo‘rlari (agarchi ro‘za tutish mayyitga vojib bo‘lmasada) molining uchdan biridan fidya beradilar. Ammo, musofir muqim bo‘lsa va bemor sog‘aysa va bir muddat yashasa, ularga kasallik yoki safarda qazo qilgan kunlarini ro‘zani tutishi vojib bo‘ladi. Agar tuta olmasdan vafot etsa, vafotidan oldin merosxo‘rlariga fidyani vasiyat qilishi lozimdir (Badoye’us sanoye’, Fatovoi Hindiya). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar